StudyCenter
Bepul boshlash

Xususiy maktab uchun boshqaruv tizimi va elektron jurnal

Sinflar, fanlar, kunlik davomat, 1–5 baholar, oylik o'qish to'lovi va ota-onalarga Telegram xabarlari.

14 kun bepul sinash

Maktab atamalari bilan ishlaydi

Maktab turini tanlasangiz, butun panel maktab tiliga o'tadi: «guruh» o'rniga sinf, «kurs» o'rniga fan, «markaz» o'rniga maktab. Telegram botdagi xabarlar ham shunga mos yoziladi.

Elektron jurnal

Har bir sinf uchun jurnal: qatorda o'quvchilar, ustunda dars kunlari. O'qituvchi katakni bosib 1 dan 5 gacha baho qo'yadi, imtihon va nazorat ishlari uchun alohida ustun qo'shadi. Oylik va umumiy o'rtacha ball avtomatik hisoblanadi, darsga kelmagan o'quvchilar belgilanadi.

Ota-onalar bilan aloqa

  • Baho qo'yilgach ota-onaga chiroyli xabar boradi: a'lo bahoda tabrik, past bahoda yumshoq ogohlantirish.
  • Davomat natijasi dars tugagach avtomatik yuboriladi.
  • Oylik to'lov muddati yaqinlashganda yoki o'tganda eslatma ketadi.
  • Dars bekor qilinsa yoki ko'chirilsa, ota-onalar darhol xabardor bo'ladi.

Ma'muriyat uchun

Direktor va ma'muriyat o'quvchilar bazasi, to'lovlar va qarzdorlar, o'qituvchilar maoshi, hisobotlar va xodimlar ruxsatlarini boshqaradi. Har bir o'qituvchi faqat o'z sinflarini ko'radi. Filiallar (kampuslar) bo'yicha alohida yuritish mumkin.

Xavfsizlik

Maktabingiz ma'lumotlari alohida saqlanadi va boshqa muassasalarga ko'rinmaydi. Parollar shifrlanadi, har bir harakat jurnalga yoziladi, zaxira nusxalar avtomatik saqlanadi.

Siz o'quv markaz bo'lsangiz, o'quv markazlar uchun sahifani ko'ring. Narxlar bilan shu yerda tanishing.

Maktabingizni raqamlashtiring

14 kun bepul, karta kerak emas.

Bepul boshlash