Ota-onalar uchun Telegram bot
Davomat, baho, to'lov va dars jadvali haqida xabarlar ota-onaga Telegram'da o'zi keladi. Bot sizning muassasangiz nomidan ishlaydi.
Qanday xabarlar boradi?
- Davomat — farzandingiz darsga keldi, kechikdi yoki kelmadi (dars tugagach).
- Baholar — jurnalga baho qo'yilganda: a'lo, yaxshi, qoniqarli yoki past baho uchun alohida matn.
- To'lovlar — to'lov qabul qilingani, muddat yaqinlashgani va qarzdorlik haqida.
- Dars o'zgarishlari — dars bekor qilindi yoki boshqa vaqtga ko'chirildi.
- E'lonlar — butun muassasa yoki alohida guruh ota-onalariga ommaviy xabar.
Ota-ona botdan nimalarni ko'ra oladi?
Menyu orqali: farzandlari, to'lovlar va qarz, davomat foizi, baholar, dars jadvali va muassasa bilan aloqa. Bir nechta farzandi bo'lsa, ularni almashtirib ko'radi.
Ulash — faqat token
- Telegram'da @BotFather orqali yangi bot yarating va tokenni nusxalang.
- Boshqaruv panelida Sozlamalar → Telegram bo'limiga tokenni kiriting.
- Webhook, buyruqlar va bot tavsifini tizim o'zi sozlaydi.
- Ota-onalar botga /start yuborib, telefon raqamini tasdiqlaydi — raqam o'quvchi kartasidagi telefonga mos kelishi kerak.
Xavfsizlik va nazorat
Har bir muassasa o'zining alohida botidan foydalanadi, token shifrlangan holda saqlanadi. Ota-ona faqat o'z farzandining ma'lumotini ko'radi. Xabarlarni turi bo'yicha yoqish yoki o'chirish va matnlarni o'zgartirish mumkin.
Ota-onalar xabardor bo'lsin
14 kun bepul, karta kerak emas.
Bepul boshlash