O'quv markaz uchun CRM tizimi
Til, fan, IT va tayyorgarlik markazlari uchun: guruhlar, jadval, oylik to'lovlar va ota-onalar bilan aloqa bitta joyda.
Markaz ishini qog'oz va Excel'siz yuriting
O'quv markazda har kuni o'nlab ishlar bir vaqtda bajariladi: yangi o'quvchini yozish, guruhga joylash, davomat olish, to'lovni qabul qilish, qarzdorlarni eslatish, o'qituvchi maoshini hisoblash. StudyCenter bularning hammasini bitta tizimga jamlaydi va hisob-kitobni avtomatlashtiradi.
Markaz uchun nimalar bor
- Guruhlar va kurslar — dars kunlari, vaqt, xona, o'qituvchi va guruh sig'imi. Xona va o'qituvchi vaqti to'qnashsa, tizim ogohlantiradi.
- Oylik to'lovlar va qarzdorlar — to'lov kuni, aka-uka va ko'p kurs chegirmalari, qisman to'lovlar. Muddati o'tganlar ro'yxati va ota-onaga eslatma avtomatik.
- O'qituvchi maoshi — guruh tushumidan foiz bo'yicha hisob, avans va bonuslar, administrator tasdig'i.
- Leadlar va sinov darslari — yangi murojaatlarni kanban taxtasida kuzating va o'quvchiga aylantiring.
- Elektron jurnal va davomat — o'qituvchi o'z portalida baho qo'yadi, davomatni belgilaydi; ota-ona Telegram'da xabar oladi.
- Hisobotlar — tushum, xarajat, davomat, o'quvchilar o'sishi va yo'qotilishi, filiallar kesimida.
Filiallar bilan ishlash
Markazingiz bir nechta filialga ega bo'lsa, o'quvchilar, guruhlar va kassa filial bo'yicha yuritiladi. Xodimni bitta filialga biriktirish mumkin — u faqat o'z filialini ko'radi.
Boshlash oson
Ro'yxatdan o'tishda «O'quv markaz» turini tanlang, 14 kun bepul foydalaning. Keyin hajmingizga mos tarifni tanlaysiz. Agar siz xususiy maktab bo'lsangiz, maktablar uchun sahifani ko'ring.
Markazingizni bugun tartibga soling
14 kun bepul, karta kerak emas.
Bepul boshlash